So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

04 iyu 11:34
Yangiliklar

Kikboksing

Prof kikbokschilarimiz 4 ta jangdan 3 tasida g'alaba qozonishdi + FOTOGALEREYA

Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida kikboksing bo'yicha "Uzbekistan Open 2" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Kecha tunda havaskorlar o'rtasidagi final bellashuvlari yakunlanganidan so'ng navbat prof janglarga berildi. Jami 4 ta professional janglar o'tkazildi va ularning uchtasida o'zbekistonlik kikbokschilar g'alaba qozonishdi. 

Markaziy jangda hamyurtimiz Murodbek Azimov xorvatiyalik jahon chempioni Ivan Bertichga qarshi ringga ko'tarildi. Uch raund to'liq davom etgan murosasiz jangda Azimov nomdor raqibini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Azimov maxsus kamar bilan birga 1000 evro mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. 

Zagreb shahrida tug'ilgan 21 yoshli Bertich muaytay bo'yicha jahon va Evropa chempioni, kikboksingning K-1 yo'nalishida jahon chempioni hisoblanadi. Kecha u professional kikboksingda debyut jangini o'tkazdi. 

"Tilla bola" nomi ostida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan 32 yoshli andijonlik Azimov esa professionallar o'rtasida kikboksingning K-1 yo'nalishida Osiyo chempioni, shu yil Turkiyada o'tkazilgan WAKO Lou-kik yo'nalishida jahon chempioni edi. 

Og'ir vazn toifasida kechgan yana bir qiziqarli jangda hamyurtimiz Husanxon Baratov turkiyalik Mehmet O'zerni so'nggi uchinchi raund yakunlanishi arafasida texnik nokautga uchratdi. Xalqaro toifadagi referi Temur Muhammadjonov to'rtinchi nokdaun holatidan so'ng jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.   

Yana bir hamyurtimiz Temurbek Xolmatov misrlik Abdulloh Mandodan ustun kelgan bo'lsa, qo'l jangi bo'yicha jahon chempioni Guljahon Normatova professional kikboksdagi debyut jangida ukrainalik tajribali sportchi Mariya Belkinaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Mariya-Katerina Belkina 2021 yilgi jahon chempionati hamda jahon kubogi sovrindori hisoblanadi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing