26 noy 15:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Promouter Entoni Joshua - Jeyk Pol jangida vazn bo'yicha cheklov bo'lishi haqida gapirdi
Super og'ir vaznda ikki karra jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirnning malum qilishicha, Jeyk Polga qarshi jang shartnomasida maksimal vazn to'g'risida maxsus band bor.
Xirnning aytishicha, Joshuaning vazni 245 funtdan (111,3 kg) oshmasligi kerak. SHu bilan birga, u hozir Joshua taxminan 265 funt (120 kg) atrofida ekanini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Joshua — Pol jangi 19 dekabr kuni Mayamida (AQSH) o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar