21 iyu 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/227530_220.jpg)
Promouter Fyurining "tekinga urishaman" degan gapiga munosabat bildirdi
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn Tayson Fyurining gaplariga munosabat bildirdi.
Avvalroq, Fyuri agar Joshua Usikni revanshda mag'lub etadigan bo'lsa, u bilan tekinga jang qilmoqchi ekanligini aytgandi.
"Ushbu vaziyatda Tayson Fyurining holatini tasavvur qila olaman. Fyuri daho, ahir u bazida o'z gaplarini shubha tug'dirmaydigan darajada aytadi. SHunday emasmi? U o'ziga 500 million funt to'lashlari kerakligi haqida gapiradi, keyin esa Joshua bilan tekinga jang qilmoqchiligini aytadi.
Fyuri urishishi uchun yagona variant - ko'p pullar. U buning uchun Marsga ham boradi. SHu sababli, uning bepul chiptalar va shu haqidagi gaplari ahamiyatga ega emas", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : DAZN
Fikrlar