24 sen 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouterning fikricha Usikni nokaut qilishlari mumkin
Promouter Eddi Xirnning fikricha, Derek CHisora superog'ir vazn toifasidagi vaziyatni o'zgartirib yuborishi mumkin.
"Biz yaqinda Povetkinning aqlbovar qilmas g'alabasini kuzatdik, bu superog'ir vazn toifasida majburiy davogarlar bilan bog'liq vaziyatni o'zgartirib yubordi. SHunday ekan, nima uchun CHisora mutlaq chempion bilan ham shu ishni qila olmaydi?
Ishonchim komilki, Derek g'alaba qozonish uchun o'ziga bog'liq bo'lgan barcha ishni qiladi. Bizni navbatdagi dramatik boks oqshomi kutmoqda", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Usik va CHisora o'rtasidagi jang 31 oktyabr kuni o'tkazilishi rasman elon qilindi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar