13 noy 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Proxazka: "Doimgidan ham kuchliroq bo'lib qaytaman"
UFC sobiq chempioni Irji Proxazka Aleks Pereyraga qarshi jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Barchaga salom. Men qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Mag'lubiyat men uchun shunchaki motivaciya. Mayk Goddard (referi) haq edi, yana ikki-uch soniya - va barchasi boshqacha tugashi mumkin edi. Bo'lar ish bo'ldi. Buni tushunaman. Har doimgidan ham kuchliroq bo'lim qaytaman", - dedi Proxazka.
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan jangda u 2-raundda Aleks Pereyraga mag'lub bo'ldi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar