15 iyu 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Proxazkaga qarshi jangdan quruq qolgan Yan Blaxovich navbatdagi jangini boshqa vaznda o'tkazmoqchi
Yarimog'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich navbatdagi jangini bitta vaznga pastga tushib o'rta vazn chempioni Israel Adesanyaga qarshi oktagonga ko'tarilmoqchi.
«Balki vazn tashlab, Israel Adesanyaning vaznida revansh jangini o'tkazarman. Agar unga qarshi chempionlik jangi tashkil etiladigan bo'lsa, men vazn tashlashga tayyorman. Havaskor janglarda ishtirok etib yurgan vaqtlarimda vaznim 91 kg bo'lgan, men o'rta vaznni qila olaman. Vazn tashlash qiyinchilik tug'dirishi mumkin, lekin kamar uchun buni qilishga tayyorman»,-dedi Blaxovich.
Eslatib o'tamiz, jangchilarning ilk jangi yarimog'ir vazn toifasida bo'lib o'tgandi, o'shanda Yan raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar