19 okt 07:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Pulev irqchilik qilgani uchun uzr so'radi
Bolgariyalik superog'ir vaznli bokschi Kubrat Pulev Entoni Joshuaga qilgan hazili uchun uzr so'radi.
Avvalroq bokschi "Joshua mendan ko'ra ko'proq oftobda toblangan" degan edi.
"Men hech qachon birovni haqorat qilishni o'zimga ep ko'rmaganman. Meni gaplarimni kontekstdan yulib olib boshqacha talqin qilishdi. Menda boshqa sportchini terisining rangi bilan haqorat qilish fikri hech qachon bo'lmagan.
Do'stlarim orasida turli irq va millat insonlari bor. Ularning barchasi ajoyib insonlar. Men ularni hurmat qilaman. SHuning uchun agar kimdir mening gaplarimdan hafa bo'lgan bo'lsa ular meni to'g'ri tushunishlarini so'rab qolaman. Agar meni tushuna olishmasa, unda chin dildan so'zlarim uchun uzr so'rayman",-dedi Kubrat Pulev.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar