08 jan 17:48
Yangiliklar
Tennis
Puna turnirining juftlik sovrini Belgiyaga ketdi
Hindistonning Puna shahrida o'tkazilgan ATP turnirining juftliklar bahsida ham g'oliblar aniqlandi.
Etmish bir daqiqa davom etgan hal qiluvchi final uchrashuvida belgiyaliklar Sander Jille va Yoran Fligen mezbon tennischilar - SHrirambalay Narayanasvami hamda Jeyvan Neduncheziyan hamkorligini 6/4, 6/4 hisobida mag'lub etdi.
Tata Open Maharashtra turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Jille va Fligen uchun hamkorlikdagi oltinchi sovrin bo'lish barobarida, ularga 250 reyting ochkosi hamda 33,960 AQSH dollari keltirdi. Narayanasvami va Neduncheziyan esa 150 ball va 18,170 dollarga ega bo'lishdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar