13 fev 09:54
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Pxyonchxan Olimpiadasida ilk doping buzilish holati aniqlandi
Pxyonchxan Olimpiadasida doping buzilish holati yaponiyalik short-trekchi Key Saytoda aniqlandi.
USA Today nashri xabariga ko'ra, 21 yoshli Sayto Yaponiya terma jamoasining 5000 metr masofaga o'tkazilgan estafeta bahslari uchun zaxira sportchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilgandi.
Bugun Saytoning ishi yuzasidan Yaponiya milliy olimpiya qo'mitasi navbatdan tashqari shoshilinch matbuot anjumani o'tkazadi. SHu paytgacha yaponiyalik sportchilarda Qishki olimpiya o'yinlarida doping qoidalarining buzilish holati kuzatilmagan edi.
Havola :
Fikrlar