13 okt 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan: Dena, menga jo'jachani tezroq ber!
Eng engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Pyotr Yan kamar uchun rasmiy davogar Aljameyn Sterlingga qarshi tezroq jang qilmoqchi.
“Dena, menga jo'jachani dekabrga qadar ber! Uni tezroq berishing kerak. Sterling, seni kutayapman. Har bir gapirgan so'zing uchun javob berasan”, - degan Yan.
Eslatib o'tamiz, Yan faoliyati davomida 16 ta jangda ishtirok etib, 15 tasida g'alabaga erishgan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Raqibining ko'rsatkichi esa 19-3ni tashkil etadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar