27 okt 13:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan Fedor Emelyanenkoga bo'lgan munosabati haqida gapirdi
Rossiyalik UFC jangchisi Pyotr Yan yurtdoshi, Bellator jangchisi Fedor Emelyanenko bilan qanday munosabatda ekanligi haqida gapirdi.
"Fyodor - MMA qiroli! U dunyodagi eng kuchli og'ir vaznli jangchilardan biri. Uning bu yoshida ko'rsatayotgan jangi juda ajoyib. Bizning sport juda og'ir. Bugun g'alaba qozonasan, ertaga esa mag'lubiyat seni kutayotgan bo'lishi mumkin.
Men o'zimni hech qachon Fedor bilan tenglashtirmayman, u mening kumir ham emas. Men butun umr boksga qiziqganman. MMAga o'tganimdan so'ng esa bu erda butunlay boshqa yigitlarga duch kelganman. Boksda men Tayson, Roy Jons, Kostya Czyu, Golovkin va Pakyaolarga havas qilganman", - deydi Pyotr Yan.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar