27 iyu 14:58
Yangiliklar

Pyotr Yan SHon O'Melli bilan jang qilish g'oyasi qanday kelganini aytdi
"Biz kuchli beshlik jangchilariga qarshi to'qnash kelmoqchi edik. Ammo top-5ning barcha sportchisi band edi. Menejerlar katta, qiziq va UFC uchun ham qiziq bo'lishi mumkin bo'lgan bahs haqida o'ylashdi. Barchamiz SHon O'Mellini bilamiz. U UFC ishonadigan, qo'llab-quvvatlaydigan qahramonlardan biri. Men u bilan jangga tayyorligimni aytganimda, menejer aynan Las-Vegasda edi. U kechki ovqat paytida matchmeykerlar bilan uchrashdi. Ushbu g'oya ularga ham yoqdi. O'Melli mashhur, qiziq. Jangchi sifatida ham u menga qiziq.
TOP-5 ning barcha jangchisi ham reytingda 13-o'rinda turgan sportchi bilan jang qilavermaydi. Sen o'z o'rningni tavakkal qilyapsan. Ammo bu men uchun ahamiyatga ega emas. Farqi yo'q. U biz haqimizda ko'p gapirdi, biz esa uni jangga chorladik", - dedi Petr Yan.
Fikrlar