20 noy 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan UFC tarixidagi eng aqlli uch nafar jangchi kimligini aytdi
Engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Pyotr Yan kimlarni UFC'ning eng aqlli jangchilari deb bilishi haqida gapirdi.
“Men ishonamanki bu Sent-Per va Xabib. Hatto Xabibni birinchi o'ringa qo'yish mumkin, chunki u hech qachon yutqazmagan. Keyingi o'rinda Sent-Perni qo'rish mumkin, sababi u juda aqlli sportchi. Uni barcha komponentlar va jihatlarda ilg'or jangchi deb bilaman.
Va mening sport intellektimga ko'ra, uchinchi o'rin balki, Jon Jonsdir. Men uni birinchi yoki ikkinchi o'ringa qo'yish uchun dastlab o'yladim, ammo u yutqazgan va o'sha jangda juda ko'p zarar ko'rgandi", - dedi Yan RCC'dagi matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar