24 okt 07:56
Yangiliklar
Qahramonovda g'alaba, Nurmatovda esa... ACA 194 turnirining barcha natijalari bir sahifada
Oqshomning markaziy jangida eronlik og'ir vaznli Amir Aliakbari (16-4) amerikalik Toni Jonsonni (18-10-1) hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra taslim etdi.
Etiborlisi, musobaqa doirasida ikki hamyurtimiz — Saidyoqub Qahramonov (13-3) hamda Xolmurod Nurmatov (15-9-1) ham oktagonga ko'tarildi. Qahramonov misrlik Omar El Bilini birinchi raundda bo'g'ish usuli orqali mag'lub etgan bo'lsa, Nurmatov Rossiya vakili Umalat Israilovga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi.
ACA 194 turnirining to'liq natijalari:
Amir Aliakbari Toni Jonsonni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (50-45, 50-45, 49-46)
Ali Bagov Davi Ramos texnik nokaut orqali taslim etdi (2 Raund, 2:39)
Abdul-Raxman Dudaev Pavel Vitrukni ochkolar hisobi bilan mag'lub etdi (29-28, 28-29, 30-27)
Ali Abdulxalikov Aleksandr Matmuratovdan ochkolar hisobiga ko'ra ustun keldi (29-28, 28-29, 29-28)
Kuat Xamitov Anatoliy Boykoni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28)
Guram Kutateladze Viktora Xyugoni texnik nokaut bilan engdi (1 Raund, 2:44)
Umalat Israilov Xolmurod Nurmatovni hakamlarning yakdil qarori bilan engdi (29-28, 29-28, 29-28)
Jora Ayvazyan Denis Silvani texnik nokaut orqali taslim qildi (2 Raund, 0:29)
SHamil Basaev Vellington Pereyrani TKO bilan engdi (2 Raund, 4:38)
Saidyoqub Qaxramonov Omar El Bilini bo'g'ish usuli orqali mag'lubiyatga uchratdi (1 Raund, 4:13)
SHamil Boraev Yahya Geituni hakamlarning yakdil qarori ila engdi (30-27, 30-26, 30-26)
Rizvan Ali Rana Singxni texnik nokaut bilan mag'lub etdi (1 Raund, 3:21)
Arash Sadegi Klidson Abreudan TKO orqali ustun keldi (2 Raund, 3:32).
Fikrlar