05 dek 14:58
Yangiliklar
Qarshida 950 mln so'mga to'liq tamirlangan dzyudo zali foydalanishga topshirildi
Unda Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi rahbariyati, shuningdek, faxriy va yosh sportchilar hamda trener-o'qituvchilar ishtirok etishdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2020 yilgi Investiciya dasturi doirasida 950 mln so'm miqdoridagi mablag'lar evaziga mukammal tamirlangan mazkur dzyudo zali bir kunda 200 nafar sportchini o'zida jamlay oladi.
Qarshi olimpiya zaxiralari kollejining dzyudo zalida sportchilar hamda trenerlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo'lib, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport anjomlari bilan to'liq jihozlandi hamda yilning to'rt faslida ham to'la quvvatda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Fikrlar