So’nggi yangiliklar

11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0

07 iyu 19:23
Yangiliklar

Dzyudo

Qarshida hisob bo'yicha 13-ixtisoslashtirilgan dzyudo zali foydalanishga topshirildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  DzyudoQarshi
Bugun Qarshi shahridagi 11-umumtalim maktabi hududida qisqa muddatda bunyod etilgan ixtisoslashtirilgan dzyudo zalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda O'zbekiston sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisi Avaz Karimov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov, Ravshan Ermatov, Saken Polatov, Qarshi shahri hokimi Normo'min Xolboev va boshqa mutasaddilar hozir bo'lishdi. 

Jahon talablariga javob beradigan, ko'rgan kishining ko'zini quvontiradigan sport maskanining shu maktab, shu mahalla yoshlariga ayni tatil kunlari foydalanishga topshirilishi bolajonlarning quvonchiga sabab bo'ldi. 

O'zbekiston xalq talimi vazirligi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida mamlakatimizning 11 viloyatida jami 13 ta ixtisoslashtirilgan dzyudo zallarining bunyod etilishi rejalashtirilgan edi. Bugun Qarshida ana shu dzyudo zallarining so'nggisi yoshlar ixtiyoriga topshirildi. 

"Bu sport obektlari aholi zich yashaydigan, yaqin atrofda sport majmualari yo'q hududlarda bunyod etilyapti. Kuni kecha hurmatli Prezidentimiz SHavkat Miromonovich raisliklarida o'tgan videoselektorda ham aynan mahallalarda sport majmualarini bunyod etish, musobaqalarni ko'proq o'tkazish va shu yo'l bilan selekciya jarayonini tashkil etish, terma jamoalarga munosib nomzodlarni etkazib berishga ko'maklashish masalasida so'z borgan edi. Maqsadimiz – jamiyatning boshlang'ich nuqtasi bo'lgan oila hamda mahallalarda ommaviy va professional sportni yanada rivojlantirish, keng aholi qatlami orasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirishdan iborat", - dedi MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov.  

O'zbekiston xalq talimi vazirligi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi va qator hamkor tashkilotlar ko'magida amalga oshirilayotgan bu xayrli ishlar davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar uchun xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing