So’nggi yangiliklar

07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0 15:01"Барселона" афсонаси "Челси" бошқарувини қўлга олиши мумкин 0 14:39"Менежеримиз ишлаяпти". Гусковнинг мураббийи UFC 328 турнири учун эҳтимолий рақибни айтди 0 14:17Илия Топурия Конор Макгрегор ва Макс Холлоуэй эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:50Ян Блахович тиззасидан операция қилинди (ФОТО) 0

04 mar 11:02
Yangiliklar

Dzyudo

Qarshida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi FOTOREPORTAJ

Qarshi shahridagi viloyat yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat dzyudo federaciyasi hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining viloyatdagi vakillari hamkorligida sportning dzyudo turi bo'yicha "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad viloyatda dzyudoni yanada ommalashtirish, mazkur sport bilan shug'ullanayotgan iqtidorli sportchilarni nazoratdan o'tkazish, trenerlar va hakamlar malakasini oshirish, bu borada tizimli ishlarni yo'lga qo'yishdan iborat. 

"Ochiq eshiklar kuni"da barcha shahar va tumanlardan 300 nafardan ziyod sportchilar, murabbiylar va dzyudoga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi. 

Darvoqe, ushbu marosim boshlanishidan oldin viloyat dzyudo federaciyasi rahbariyati murabbiylar bilan yig'ilish o'tkazdi. Majlis yakunida viloyat bosh murabbiyi etib Ulug'bek Pattaev tayinlandi. Erkaklar terma jamoasiga Bahodir Hojiev, yoshlarga Abbos Mardonov, o'smirlarga G'olib CHoriev, kichik yoshdagi o'smirlarga esa Meronshoh Toshtemirov murabbiy sifatida faoliyat yuritadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing