28 may 20:49
Yangiliklar
Qarshida O'zbekiston kubogining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan kelgan jami 605 nafar dzyudochi ishtirok etyapti. Bugun mamlakat kubogining ilk kuni tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi boshlig'i Vahob Ro'ziev, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Zafar Qahramonov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.
Tadbirda Vahob Ro'ziev so'zga chiqib, yurtimizda barcha sport turlari qatori dzyudoga ham katta etibor qaratilayotgani, bu birinchi galda jamiyatda sog'lom turmush tarzini yanada qaror toptirish uchun xizmat qilayotganini urg'uladi va ishtirokchilarga murosasiz kechayotgan bellashuvlarda omad tiladi.
Yosh sportchilarning ko'rgazmali chiqishlari "Geolog" arenasiga yig'ilgan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo'ldi. SHundan so'ng O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangrab, final bahslariga start berildi.
Fikrlar