24 fev 09:30
Yangiliklar
Tennis
Qatar ExxonMobil Open. Medvedev 1/2 finalda
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha nufuzli ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Daniil Medvedev musobaqaning yarim final ishtirokchisiga aylandi. Rossiyalik tennischi 1 daqiqasi kam 2 soat davom etgan bahsda ATP reytingida 94-pog'onada borayotgan avstraliyalik Kristofer O'Konnelni 6/2, 4/6, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0. Medvedev 5 ta eys, 2 ta qo'shxato va 4 ta breyk qayd etdi. Endi Daniil final chiptasi uchun kanadalik Feliks Ojega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar