11 jan 16:28
Yangiliklar
Dzyudo

Qatar "Masters". Diyorbek O'razboev ham 1/4 finalda!
Rio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Diyorbek O'razboev Qatar "Masters" turnirining chorak finaliga yo'l oldi.
Bahslarga ikkinchi bosqichdan qo'shilgan Diyorbek ekvadorlik Lenin Presiadoni ippon bahosi evaziga taslim etgan edi. Hozirgina u germaniyalik Moritc Plafkini qo'shimcha bo'limda mag'lub etishni uddaladi. Moritc rossiyalik Robert Mshvidobadzeni mag'lubiyatga uchratib, o'ziga xos shov-shuvga ko'targandi.
Diyorbek O'razboevning chorak finaldagi raqibi gruziyalik Temur Nozadze hamda Xitoy Taypeyi vakili Yung Vey o'rtasida ayni soniyalarda o'tkazilayotgan bellashuvdan so'ng aniq bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar