08 jan 17:38
Yangiliklar
Qatar "Masters" turniriga 3 kun qoldi. Arena deyarli shay holatda DOHADAN FOTOREPORTAJ
Qatar poytaxti Doha shahri uch kun davomida mavsumning ilk turniriga mezbonlik qiladi. Sovrin jamg'armasi 200 000 evroni tashkil qiluvchi Qatar "Masters" turniri nufuzi jihatidan jahon chempionatidan so'ng etirof etilishi bois, musobaqaga bo'lgan qiziqish juda ham yuqori. Har bir vazn toifasida dunyoning kuchli 32 nafar dzyudochisi musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo'lidagi muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.
Qatar "Masters" turniri g'olibi oltin medal, pul mukofoti bilan birga qimmatli 1800 reyting ochkosini ham qo'lga kiritadi. Taqqoslash uchun, Jahon chempionatida chempionga 2000 reyting ochko beriladi. "Masters"da kumush medal sohibi 1260, bronza medali egalari 900 reyting ochkosini o'z hisoblariga qo'shib qo'yishadi. Kuchli beshlikdan joy olgan dzyudochilar 648, 7-o'rinni band etganlar esa 468 ochkoga ega bo'lishadi.
Fikrlar