20 iyu 11:36
Yangiliklar
Qibray kriket bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionatiga mezbonlik qilyapti + FOTO
O'smirlar, yoshlar va kattalardan iborat jamoalar o'rtasida o'tkazilayotgan turli musobaqalar esa kriket sport turini aholi orasida ommaviyligini taminlashga xizmat qilmoqda.
Xususan, kuni kecha poytaxt viloyatining Qibray tumanidagi "Anfa" xalqaro kriket stadionida kriket federaciyasi tomonidan T20 formatdagi birinchi mavsum O'zbekiston ochiq chempionati boshlandi.
Ushbu musobaqada Toshkentning "Anfa", "Indian Cricet Tashkent Club", "Tashkent super kings", "Tashkent stars", Qashqadaryo viloyatining "Barlos"hamda Farg'onaning "Fergana Rangers"dan iborat oltita jamoasi o'zaro bellashmoqda.
CHempionatning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev ishtirok etib, jamoalarni birinchi mavsum boshlanishi bilan qutladi va ularga yuqori o'rinlarni egallashlarida omad tiladi.
Takidlash lozim, ushbu ochiq chempionat milliy terma jamoaga saralash vazifasini ham o'tab beradi. CHempionat 25 iyunga qadar davom etadi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar