So’nggi yangiliklar

18:18Ўтмишга назар. Миржалол Қосимов катта футбол билан қандай хайрлашган эди? 0 17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 15:44Дана Уайт Саудия Арабистонидаги турнирнинг бекор қилиниши ҳақидаги сўзларга муносабат билдирди 0 14:53Ningbo Open: Полина Кудерметова дунёнинг 38-ракеткасини мусобақадан чиқариб юборди. Кейинги рақиб — рейтинг пешқадами! 0 14:26Мбаппе "Onze d'Or" талқини бўйича 2025/26 йилги мавсумда Европанинг энг яхши футболчиси деб топилди 0 13:45Мовсар Евлоев: "UFC’да муддатидан олдин бирорта ҳам ғалабам йўқ, аммо..." 0 12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0 09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0

30 jan 11:21
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlar Toshkentdagi “G'alaba bog'i”ga tashrif buyurishdi

SHu kunlarda qilichbozlik bo'yicha kadetlar va o'smirlar terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda.

Mashg'ulotlar jarayoni bilan bir qatorda qilichbozlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi tomonidan manaviy-marifiy, madaniy dasturlar ham ishlab chiqilgan. Bundan ko'zlangan maqsad yosh qilichbozlarimiz qalbida Vatanga, boy tariximizga, madaniyatimizga bo'lgan muhabbatni yanada oshirish, vatanparvarlik, milliy urf-odatlari, xalqimizning shonli o'tmishiga hurmat ruhida tarbiyalashdir.

Yig'in doirasida qilichbozlarimiz Toshkent shahrining Olmazor tumanida qad rostlagan “G'alaba bog'i”ga tashrif buyurishdi. Malumki, “G'alaba bog'i” O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 75 yilligiga bag'ishlab ochilgan.

Park ekspoziciyasida muzey devorlari ichida jonlanib turgandek urush davri manzaralari, harbiylarning manikenlari, xandaqlar, dubinkalar va dala oshxonalari, temir yo'l vokzali, eski kutubxonalar bo'lgan joylar kompoziciyalari aks ettirilgan. SHuningdek, muzeyda urush yillaridagi harbiy qurollarning noyob ko'rgazmasi ham mavjud.

Bog' hududida, ochiq havoda, harbiy texnika va qurol-yarog' ko'rgazmasi bilan yaqindan tanishish mumkin. Bog'ning markaziy xiyoboniga Stalingrad jangi paytida bebaho harbiy qahramonlik ko'rsatgan ulkan qo'shinni boshqargan o'zbek o'g'loni general Sobir Rahimov boshchiligidagi urush qahramonlari va qatnashchilari haykali o'rnatilgan.

«O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi tashabbusi bilan bugun biz qilichbozlik bo'yicha kadet-o'smirlar terma jamoasi bilan “G'alaba bog'i” va muzeyida bo'ldik. Biz bu erda go'yoki Ikkinchi jahon urushi dunyosiga kirib bordik. Ayniqsa, frontdagi askarlarning o'z yaqinlariga yozgan xatlarini ko'rib tasirlandim. Zero, bizning bobolarimiz tinch osmon ostida yashashimiz uchun kurashdilar. Ularga katta rahmat va barcha qilichbozlar nomidan chuqur tazim bildiraman«, – dedi qilichbozlikning rapira turi bo'yicha milliy terma jamoa murabbiyi Abror Sobirov.

Ushbu bog'ga tashrif buyurib, siz sokin yo'laklar bo'ylab yurar ekansiz ajoyib manzaradan bahra olasiz. Noyob yodgorliklar va go'zal manzaralar tufayli bu maskan poytaxtimizda tashrif buyuradigan eng mashhur joylardan biriga aylanmoqda.

Bundan tashqari, o'zbek xalqining Ikkinchi Jahon urushi frontlaridagi jasorati va qahramonligi, shuningdek, front uchun barcha zarur narsalar bilan taminlagan front ortida ishlaganlarning mehnat qahramonligi hech qachon unutilmaydi. Tarixiy ildizlarimizni bilish yosh avlodni tarbiyalash, manaviy boy, barkamol, jismonan baquvvat shaxsni shakllantirishning asosidir.

Qilichbozlarimiz ushbu ekskurciyadan unutilmas taassurot bilan qaytishdi. Sportchilarimiz O'zbekiston qilichbozlik federaciyasiga va ushbu tadbirning barcha tashkilotchilariga o'z minnatdorliklarini bildirdilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing