So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

04 iyu 17:39
Yangiliklar

Qilichbozlik, Qiziqarli!

Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining yangi azosi haqida nimalar bilamiz? + Qaynoq suratlar

Teglar :  Qilichbozlik
Biroz avval qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga meksikalik legioner Paola Pliego jalb etilgani haqida xabar qilgandik.

Eshitdik-da! Qilichbozlik bo'yicha terma jamoamizga Meksikadan legioner jalb etildi

Xo'sh, u haqida nimalar bilamiz? Paola Pliego 1994 yilda Mexikoda tug'ilgan. U to'rt yoshligida qilichbozlik bilan bog'liq spektaklni tomosha qilganidan so'ng sportning ushbu turiga qiziqib qolgan. O'shandan so'ng u opasi bilan birga mashg'ulotlarga qatnay boshlagan. Meksika chempionatida qo'lga kiritilgan dastlabki medaldan so'ng ikki karra Olimpiada chempioni Mariel Zagunis bilan birga mashg'ulotlar o'tkaza boshlagan. 


2013-2014 yilgi mavsumda o'smirlar reytingini birinchi o'rinda yakunlaydi. O'sha yili o'z yosh toifasida jahon kubogida g'olib chiqqan. Kelasi mavsumda esa Satellit turnirida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritadi. 2015 yili Panamerika chempionatida bronza medali, jamoaviy bahslarda esa kumush medalga sazovor bo'lgan. 

2016 yilgi Rio Olimpiadasi oldidan esa Paola taqiqlangan moddalarni istemol qilganligi sabab, doping bilan bog'liq mojarolarga o'ralashib qoladi. Biroz vaqt o'tgach u muammolardan halos bo'ladi. Biroq, Meksika terma jamoasidan umuman chaqiruv olmaydi. 

Endilikda u O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qiladi. U mazkur qarorni Meksikadagi korrupciya bilan izohlagan. 

Aytgancha, biz esa uning Instagramdagi sahifasini qidirib topdik.  Uning suratlarini tomosha qilar ekansiz, ijtimoiy tarmoqlarda haddan tashqari faol ekanligiga guvoh bo'lishingiz mumkin. Umid qilamizki, Paola O'zbekistonda qilichbozlikka qiziqishni yanada oshiradi va mazkur sportning ommalashtirishga o'z hissasini qo'shadi :)

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
05 iyu 13:51:22
Jalol Axmedov
misha Edini Bushar otmen )) hamma qilichbozlikka ))
   
07 iyu 13:02:53
Navruz Amonov
Gap yoq, Yulduz desam oyekansiz, go‘zallikga boyekansiz)))
   
06 iyu 14:00:42
Nurmuhammad Abdullaev
Oma kóp qiluch yegan ekan
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing