23 may 15:07
Yangiliklar
Dzyudo
Qirg'iz Respublikasi jahon chempionatlari tarixidagi ilk medalini qo'lga kiritdi
BAA poytaxti Abu-Dabi shahri mezbonlik qilayotgan kattalar o'rtasidagi 37-jahon chempionatining kechagi kun bahslari qirg'izistonlik qo'shnilarimiz uchun omadli bo'ldi.
Qirg'iz Respublikasi dzyudosi uchun bemalol tarixiy kun desak ham bo'ladi. Boisi, -90 kg vazn toifasida kurashgan Erlan SHerov o'z terma jamoasiga jahon chempionatlari tarixidagi ilk medalni taqdim etdi. U italiyalik Kristian Parlatini mag'lub etib, jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi Abu-Dabidagi jahon chempionatida 5 nafar dzyudochi bilan ishtirok etdi: Aybek uulu Kubanichbek (-66 kg), CHingizxan Saginaliev (-73 kg), Asad Masabirov (-81 kg), Erlan SHerov (-90 kg) va Adina Kochkonbaeva (-63 kg).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar