03 dek 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Qirg'iz sportchisi Uran Satibaldievning UFC'dagi keyingi raqibi malum qilindi
Yarimog'ir vazn toifasida faoliyat olib boruvchi qirg'izistonlik aralash yakkakurash ustasi Uran Satibaldievning navbatdagi jangi tafsilotlari aniq bo'ldi.
31 yoshli sportchi 2026 yilning 8 fevral kuni Las-Vegasdagi UFC Apex majmuasida tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida oktagonga ko'tariladi.
Satibaldievga o'sha kuni amerikalik Julius Uoker raqib bo'ladi.
Malumot o'rnida, Uran faoliyati davomida hozirga qadar jami 11 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. 26 yashar Julius Uoker hisobida esa 7 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar