05 dek 10:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Qirg'izistonlik Fiziev ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi
Ayni shu lahzalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi UFC APEX arenada UFC Vegas 44 turniri davom etmoqda.
Oqshomning asosiy kardidan o'rin olgan jangda qirg'izistonlik UFC jangchisi Rafael Fiziev Yangi Zelandiya vakili Bred Riddelga qarshi oktagonga ko'tarildi. Jangning uchinchi raundida Fiziev raqibini nokautga uchratdi.
Bu qirg'izistonlik MMA ustasining ketma-ket qozongan beshinchi g'alabasi bo'ldi. Bred Riddell esa aksincha, bugun faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : mmajunkie.usatoday.com
Fikrlar