So’nggi yangiliklar

16:07Жордан Барроуз RAF билан шартнома имзолаб, Махачев ва Царукян билан бир кечада жанг қилмоқчи эканини айтди 0 15:21Анвар Анваров Швециядаги турнир чемпиони! 0 14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0

07 fev 18:00
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari, Qiziqarli!

Qishki Olimpiadaga boradigan o'zbekistonlik sportchi bilan INTERVYU

Teglar :  Komil To'xtaev
Xabaringiz bor, 9 fevral kuni Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki Olimpiya o'yinlari start oladi.


Mazkur sport anjumanida O'zbekiston sharafini ikki  nafar sportchi himoya qiladi. Ulardan biri tog' chang'isi bahlarida qatnashadigan Komil To'xtaevdir. 

Biz Pxyonchxanga jo'nab ketish oldidan oldidan sportchi bilan uchrashib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik. 

-Komil, Olimpiadada qatnashish baxtiga muyassar bo'layotganingiz bilan muborakbod etamiz. 

-Katta rahmat. Mana shunday muhim musobaqada O'zbekiston sharafini himoya qilish baxti nasib qilayotganidan juda xursandman. Ochig'ini aytsam, juda hayajonlanyapman.  Olimpiya o'yinlarida munosib ishtirok etishga harakat qilaman.

-Mazkur o'yinlarda qatnashish huquqini qaysi musobaqada qo'lga kiritgansiz?

-Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida bo'ladigan Olimpiadada ishtirok etish huquqini Italiyada o'tkazilgan xalqaro turnirda qo'lga kiritganman. Aynan o'sha turnir menga Olimpiya licenziyasini taqdim qilgandi.


-Tog' chang'isi bilan qachon shug'ullanishni boshlagansiz?

-Otam tog' chang'isi bo'yicha Sobiq Ittifoq sport ustasi bo'lganlar. Ikki yoshimdan beri chang'i nimaligini bilaman. 12 yoshimda esa professional tarzda mashg'ulotlar o'tkazishni boshlaganman.


-Ayni paytda qaysi murabbiy qo'l ostida mashg'ulotlarda ishtirok etyapsiz?

 -Bugungi kunda Ivan Vakulenko qo'l ostida shug'ullanyapman. Olimpiadaga aynan ushbu murabbiy qo'l ostida tayyorgarlik ko'rdim. 


-Pxyonchxan Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayoni qanday bo'ldi?

-Dastlab, jismoniy tayyorgarlik ustida ishladik. Keyin esa oktyabr oyida qorli xududga yo'l oldik. U erda franciyalik murabbiy qo'l ostida mashg'ulotlar o'tkazdim. So'ngra, sportchilarning xalqaro lageriga borib, bir oy shug'ullandim. U erda Rossiya, Ukraina, Qozog'iston, Tojikiston kabi mamlakatlardan ham sportchilar bor edi. Birga mashg'ulotlar o'tkazdik. Orada Italiya, Xitoy mamlakatlarida o'tgan musobaqalarda qatnashdik. 22-24 yanvar kunlari Qirg'izistonda o'tgan xalqaro “Orlovka Cup” musobaqasida ishtirok etdim va sovrindor bo'ldim. Ayni paytda esa yana jismoniy tayyorgarlik ustida ish olib boryapman. 



- Yaqinlashib kelayotgan Olimpiadada tog' chang'isining ikki hil yo'nalishida ishtirok etasiz. Siz uchun sevimli bo'lgan yo'nalish qaysi?

-To'g'ri aytdingiz. Janubiy Koreyadagi Olimpiya o'yinlarida ikki hil yo'nalishda startga chiqaman. Slalom va gigant slalomda. Bu yil gigant slalom yo'nalishida yaxshi natijalar qayd eta olyapman. Umid qilamanki, shu yo'nalishda munosib ishtirok eta olaman.


-Olimpiya o'tkaziladigan mamlakat - Janubiy Koreyaning trassalari bilan tanishmisiz? O'rganib chiqdingizmi?

-Xa, ikki yil oldin o'tgan Osiyo chempionatida u erda bo'lganman. O'shanda Koreyadagi sharoitni ko'rgandim. Demak, u erda muhit qanday bo'lishini his qilib turibman. Bahslarda bor imkoniyatimni ishga solib, eng yaxshi natijamni qayd etmoqchiman. 



-O'zbekistonda sportning ushbu turi bilan shug'ullanayotgan yoshlarimiz ko'pmi?

-Albatta. Bizda iqtidorli sportchilar ko'p. Ular musobaqalarda yaxshi ishtirok eta oladilar. Faqatgina, ularni qo'llab-quvvatlash kerak. Agar etibor kuchayadigan bo'lsa, yigitlarimiz yaxshi natijalar qayd eta oladilar. Bizda sportning ushbu turi bilan shug'ullanishni istovchilar ko'pchilikni tashkil qiladi. 


- Bizning sportchilar foydalanayotgan sport inventarlari jahon standartlariga mos keladimi?

-Musobaqalarga tayyorlanayotganda barcha talablarga javob beradigan inventarlarni sotib olamiz. Yaxshi moslamalar bo'lmasa, sizni startga qo'yishmaydi. Muammo shundaki, bu qimmat sport turlaridan biri hisoblanadi. Bu borada menga otam yordam berganlar. 


-Komil, vaqtingizni ayamasdan suhbatga rozilik berganingiz uchun tashakkur. 

-Etibor uchun, sizlarga ham rahmat. Nasib qilsa, oldinda turgan Olimpiya o'yinlaridan yurtimizga yorug' yuz bilan qaytib kelaman.


Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing