So’nggi yangiliklar

14:53Муроджон Аҳмадалиев кейинги жангини қачон ўтказиши маълум қилинди 0 14:28Шарифа Давронова АҚШ талабалар чемпионатида кумуш медални қўлга киритди (+ВИДЕО) 0 13:59ФИФА президенти Эрон кийим алиштириш хонасига кириб, нималар деди? 0 13:26Оқ уйдаги UFC турнири жангчиларининг қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 12:57"UzChess Cup" турниридан ким қанча мукофот пули ишлаб олди? (+ФОТО) 0 12:24"У Россияга боришни хоҳлаяпти, аммо қўрқяпти". Царукян — Жейк Пол ҳақида гапирди 0 11:55Неймар Бразилия терма жамоасининг ЖЧ-2026`даги иккинчи ўйинини ҳам ўтказиб юборади юборадими? 0 11:30Александр Усик 2026 йилги Жаҳон чемпионати ғолибини башорат қилди 0 10:52Жаҳон кубоги. Икки нафар боксчимизнинг жанги якунланди, бугун яна 3 нафар боксчимиз жанг қилади 0 09:27Теренс Кроуфорд Топуриянинг мағлубиятига изоҳ берди 0 08:59Испания ноҳуш анъанани давом эттирди 0 08:34Жастин Гэтжи Топурияга реванш берадими? Саволга унинг ўзи жавоб берди 0 08:06Илия Топурия Жастин Гэтжидан қабул қилган мағлубиятига илк бор изоҳ берди 0 19:57World Boxing кубоги. Боксчиларимиз илк кунда бир ғалаба ва икки мағлубият қайд этишди 0 19:24Испания сафида Токио Олимпия ўйинларида кумуш медал қўлга киритган футболчи 8,5 йилга қамалди 0

29 mar 10:10
Yangiliklar

Qishki sport turlari

“Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo'yildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O'zbekiston Respublikasining Prezidentining “Qishki sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Ushbu qarorga asosan, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida yangi kafedra, kasb-hunar kollejlarida yangi yo'nalishlar tashkil etilishi va har yili 20 nafar yosh professor-o'qituvchilar va trenerlar o'qish hamda malaka oshirish uchun xorijga yuborilishi mumkinligi haqidaxabar bergan edik.

Mazkur hujjat bilan yurtimizda qishki sport turlarini yanada ommalashtirishga xizmat qiladigan bir qator ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Xususan, qaror bilan O'zbekistonda qishki sport turlarini rivojlantirish Dasturi, 2019-2023 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan engil konstrukciyali yopiq muz qoplamali maydonlar qurish va ularni zamonaviy sport asbob-uskunalari bilan jihozlash manzilli dasturi hamda ommaviy axborot vositalari, internet tarmog'i imkoniyatlaridan keng foydalangan holda aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish bo'yicha media-rejasi tasdiqlanadi.

Loyihada joriy yil yakuniga qadar “Amirsoy” tog'-chang'i dam olish maskani foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganligi aytib o'tilgan.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining joylarda barpo etilayotgan “Business city” shaklidagi zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida 2019-2023 yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan engil konstrukciyali yopiq muz qoplamali maydonlar qurish hamda ularni zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan taminlash bo'yicha takliflar maqullanmoqda. SHuningdek, qishki sport turlari bo'yicha xorijiy mutaxassis va trenerlarni ishga jalb qilish hamda ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ajratish ham belgilanadi.

Yoshlar o'rtasida qishki sport turlarini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida joylashgan “Sertifikaciyalash va kompyuterlashtirish markazi” davlat korxonasining “Beldirsoy” sport bazasida Yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan engil konstrukciyali bino va inshootlar barpo etish, yo'l-transport infratuzilmasini yaxshilash hamda xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli musobaqalarni o'tkazish uchun zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan beg'araz taminlash rejalashtirilmoqda.

Qishki va murakkab texnik sport turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi balansidagi Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani CHimyon qishlog'ida joylashgan “Paxtakor” sport bazasi, unga tutash ikkita dor yo'li hamda chang'ida uchish trassasini rekonstrukciya qilish, shuningdek Toshkent shahri Olmazor tumani Muxbir ko'chasi 12-uyda xalqaro standartlarga javob beradigan engil konstrukciyali yopiq muz qoplamali maydon qurish hamda zamonaviy sport asbob-uskunalari va jihozlari bilan taminlash bo'yicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq zarur bo'lgan kapital qo'yilma limiti ajratilishini 2020 yil O'zbekiston Respublikasi Investiciya dasturini shakllantirishda nazarda tutish vazifasi belgilanmoqda.

 

Qishki sport turlari bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalarini tayyorlashga jalb qilingan xorijiy sport mutaxassislari va trenerlariga 2019 yildan boshlab har oyda eng kam ish haqining 150 baravarigacha miqdorda ish haqi to'lanadi.

 

Qishki sport turlari bo'yicha xorijdan sotib olinadigan sport anjomlari, jihozlari va inventarlari hamda maxsus sport kiyimlari bojxona to'lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari) to'lashdan ozod etiladi.

 

Hujjat bilan davlat sport talimi muassasalarida sportning qishki turlari, ayniqsa, konkida figurali uchish, short-trek, kyorling, xokkey turlari bo'yicha bo'limlar tashkil etiladi.

 

SHuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qishki sport turlari bo'yicha saralash, selekciya ishlarini tashkil etish uchun bolalar, o'smirlar, qizlarning yuqori darajadagi iqtidorini aniqlashga imkon beruvchi sport tadbirlari tashkil etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing