17 iyu 13:38
Yangiliklar

"Qitalar jangi". O'zbek bokschilari Amerika jamoasiga qarshi ringga ko'tariladilar
Musobaqada murabbiy Ravshan Xodjaev boshchiligida Osiyo terma jamoasi safida uch nafar bokschimiz Bobousmon Baturov, Odiljon Aslonov va Madiyar Saidrahimov bahslarda ishtirok etmoqda.
Bungacha Afrika va Rossiya terma jamoalariga qarshi jang qilgan bokschilarimiz, uchinchi turda Amerika qitasi bokschilariga qarshi ringga ko'tariladilar. Ertangi jang oldidan bokschilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi.
18 iyun kuni quyidagi to'qnashuvlar guvohiga aylanishimiz mumkin:
-63 kg: Bahodur Usmonov (Tojikiston) – Andres Garsia (Kolumbiya);
-68 kg: Bobo-Usmon Baturov (O'zbekiston) – Yoelis Leyl Molina (Kuba);
-75 kg: Saparbay Aydarov (Qozog'iston) - Adrian Peres (Kolumbiya);
-80 kg: Odiljon Aslonov (O'zbekiston) – Karlos Galvan (Boliviya);
-92 kg: Madiyar Saidrahimov (O'zbekiston) – Antonio Okles (Ekvador).
Fikrlar