02 iyu 18:42
        Yangiliklar	
	
				
				    Stol tennisi			    
				 
				
			 
				Qizlarimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi
Avvalroq, O'zbekiston o'smir qizlar terma jamoasi Qozog'istonning Olmaota shahrida stol tennisi bo'yicha yoshlar o'rtasida o'tadigan Osiyo chempionatiga chiqish uchun Markaziy Osiyo saralash turnirining yarim finalga yo'l olgani haqida xabar bergan edik.
			Yarim finalda jamoamiz Eron vakillariga qarshi bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan bahslarda qizlarimiz raqiblarini 3:1 hisobida mag'lub etishni uddalashdi va finalga yo'l olishdi.
SHu tariqa, O'zbekiston o'smir qizlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga yo'llanmani naqd qilishdi.
Bu natija bilan terma jamoamizni tabriklab qolamiz!
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar