26 apr 16:50
Yangiliklar
Dzyudo
Qizlarimiz ham jahon chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini boshlashdi FOTOREPORTAJ
Xabaringiz bor, 7-14 may kunlari Qatar poytaxti Doha shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi 36-jahon chempionati bo'lib o'tadi.
Yilning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishdi. Poytaxtdagi yig'in 5 mayga qadar davom etadi. Ushbu yig'in tayyorgarlikning so'nggi bosqichi hisoblanadi.
Hozirgacha jahon chempionatida qatnashish istagini 5 qitaning 97 davlatidan jami 643 (335 erkak, 308 ayol) nafar dzyudosi bildirgan. Ular safida O'zbekiston terma jamoasining 18 nafar dzyudochisi ham bor.
Malumot uchun, O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqandda yakuniy o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar