13 mar 17:50
Yangiliklar
Qoraqalpog'istonda taekvondo (ITF) bo'yicha ochiq chempionat o'tkazildi
Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus, Taxiatosh shaharlari va
Nukus tumani hamda Toshkent viloyatining CHirchiq shahridan 1991-1999,
2000-2003 yillarda tug'ilgan 110 nafar yosh sportchi o'zaro bahslashdi.
O'n besh vazn toifasida bo'lib o'tgan musobaqa yakunida o'smirlar o'rtasida
nukuslik Davlatnazar Ozodboev, Bekmurza Faxriddinov, Navro'zbek
Bekturg'anov, Alisher To'raboev, To'raniyoz Erniyozov, taxiatoshlik Dilmuhammad
Turdimuratov, Abror Ishnazarov, CHirchiq shahridan Nikita Kim, Azil Odilov,
Temur Qurbonov o'z vazn toifasida g'olib bo'ldi.
Qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda taxiatoshlik Sevinch va Munisa
Egambergenovalar, Maftuna Abdullaeva, chirchiqlik Mo'ldir Jumaboeva, Fotima
Alimova, nukuslik Dilnoza Ortiqboeva, Aynura Jo'ldasboeva, Mehribon
Nurjonova raqibalariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va shohsupaning
yuqori pog'onasidan joy oldi.
G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Aminboy Ortiqboev, O'zA
Fikrlar