19 iyu 20:17
Yangiliklar
Gimnastika

Qoyil! Taxmina Ikromova musobaqadagi uchinchi medalini qo'lga kiritdi
Germaniyaning Reyn-Rur shahridan xushxabarlar kelishda davom etadi.
Biroz avval badiiy gimnastikachimiz Taxmina Ikromova Yozgi Universiada o'yinlaridagi o'zining uchinchi, O'zbekiston sport delegaciyasining esa to'rtinchi medalini qo'lga kiritdi.
Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi bo'lgan vakilamiz bulava bahslarida 27.900 ball bilan kumush medalga sazovor bo'ldi. Neytral maqomda qatnashayotgan belaruslik gimnastikachi Alina Xarnashko 29.550 ball bilan oltin medalga ega chiqdi. Belarus terma jamoasining yana bir azosi Anastasiya Salos bronza medali bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar