27 iyu 21:40
Yangiliklar
Dzyudo, Parij-2024
Qozog'iston delegaciyasi Parij Olimpiadasidagi ilk oltin medalini qo'lga kiritdi
Dzyudochi Eldos Smetov (60 kg) Parij Olimpiadasi g'olibiga aylandi.
Qozog'istonlik sportchi finalda Franciya vakili Luka Mxeidzeni dog'da qoldirdi.
Ahamiyatlisi, Eldos uch karra Olimpiada sovrindoriga aylandi. U Rio-2016da kumush, Tokiodagi musobaqada esa bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Bu orqali Qozog'istonning Parij Olimpiadasidagi medallari soni 2 taga etdi - 1 ta oltin, 1 ta bronza.
Avvalroq, o'q otuvchilar Aleksandra Le va Islam Satpaev mikst dasturida Olimpiadaning bronza medaliga ega chiqqan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar