20 sen 07:24
Yangiliklar
Qozog'iston ham kuchli tarkib bilan Toshkentga keladi
Ayni shu soniyalarga kelib 35-jahon chempionatidagi ishtirokini rasman tasdiqlagan mamlakatlar soni 79 taga etdi. Ular orasida Qozog'iston terma jamoasi ham bor. Tarkibdan Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori, jahon chempioni Eldos Smetov, jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni Didar Hamza, jahon chempionatining kumush medali sohibi Gusman Kirgizbaev singari tajribali dzyudochilar joy olgan.
Qozog'iston terma jamoasi tarkibi:
Erkaklar
-60 kg: Magjan SHamshadin, Eldos Smetov
-66 kg: Gusman Kirgizbaev
-90 kg: Didar Hamza
-100 kg: Islam Bozbaev
+100 kg: Erassil Kajibaev
Ayollar tarkibi
-48 kg: Abiba Abujakinova
-52 kg: Gauhar Irmagambetova
-57 kg: Sevara Nishanbaeva
-63 kg: Moldir Narinova, Esmigul Kuyulova
-70 kg: Anastasiya Mayakova
-78 kg: Aruna Jangeldina
+78 kg: Kamila Berlikash
Fikrlar