14 fev 12:17
Yangiliklar
Qozog'iston qishki Olimpiadadagi ilk medalini qo'lga kiritdi va bu oltin medal!
Figurali uchishning erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarida ishtirok etgan Qozog'iston terma jamoasi azosi Mixail SHaydorov qisqa va erkin dastur yakuniga ko'ra, jami 291,58 ball to'pladi.
Bu orqali sportchi o'zining shaxsiy rekordini yangiladi. U yakuniy jadvalda birinchi o'rinni egallab, Qozog'iston hisobiga 2018 yildan buyon ilk Qishki Olimpiya o'yinlari medalini keltirdi.

21 yoshli SHaydorov 1994 yil Lillehammerda g'olib chiqqan chang'ichi Vladimir Smirnovdan keyin mamlakatning ikkinchi Olimpiya chempioni bo'ldi.
Mazkur musobaqada yaponiyalik Yuma Kagiyama kumush medalni qo'lga kiritdi (280.06). Uning vatandoshi SHun Sato esa uchinchi bo'ldi (274.90).
Qisqa dasturdan keyin peshqadamlik qilgan AQSH vakili Iliya Malinin erkin dasturda bir nechta xatolarga yo'l qo'ydi. Natijada, so'nggi ikki JCH g'olibi sakkizinchi o'ringa tushib ketdi (264.49).

Fikrlar