15 iyu 05:33
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/226835_220.jpg)
Qozog'iston vakilasi UFC 277 turnirida qatnasha olmaydigan bo'ldi
1 avgust kuni Dallasda UFC'ning navbatdagi raqamli turniri bo'lib o'tadi.
Ushbu turnirdan o'rin olgan qozog'istonlik Mariya Agapova hamda Janubiy Koreya vakilasi Ji Yon Kim o'rtasidagi jang bekor bo'ldi. Bunga sabab sifatida Mariyaning tizzasidan jarohat olgani aytilmoqda. Bu haqda MMA Fighting nashri xabar bergan.
Agapovaning o'rnini ushbu jangda panamalik Jozelin Edvards egallashi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mariya Agapova so'nggi bor shu yilning 6 mart sanasida Marina Morozga qarshi, Ji Yon Kim esa 27 fevral kuni Priscila Kechoeyraga qarshi jang qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar