25 may 13:54
Yangiliklar
Sport kurashlari
Qozog'iston yana bir nufuzli Jahon chempionati mezbonligini qo'lga kiritdi
Sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasida 2026 yilgi Jahon chempionati mezbonligi Qozog'istonga o'tkazildi.
Musobaqa 24 oktyabrdan 1 noyabrga qadar Astana shahrida bo'lib o'tadi.
United World Wrestling byurosi juma kuni yig'ilish o'tkazib, hozirgi geosiyosiy vaziyat, ayniqsa xalqaro safarlarga tasir qilayotgan noaniqliklarni inobatga olgan holda, 2026 yilgi Jahon chempionati mezbonini o'zgartirishga qaror qildi.
Aslida, kattalar o'rtasidagi joriy dunyo birinchiligi Bahraynning Manama shahrida bo'lib o'tishi kerak edi.
Eslatib o'tamiz, Astana 2019 yilda ham Jahon chempionatini o'zida qabul qilgandi.

Havola :
Manba : uww.org
Fikrlar