04 may 18:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik bokschi JCH-2023da bahsli tarzda mag'lubiyatga uchraganiga munosabat bildirdi
Qozog'istonlik bokschi Talgat Sirimbetov Toshkentda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatidagi mag'lubiyati haqida gapirdi.
"Assalomu alaykum, Qozog'iston! Afsuski, mag'lub bo'ldim. Hakamlar qarori haqida hech narsa deya olmayman, chunki jang tugadi. Mag'lubiyatimni haqiqiy erkak kabi tan olaman. Jang tugaganidan keyin men boshqa hech narsa deya olmayman.
Televizor ekranlari oldida meni tomosha qilgan barcha qozog'istonliklardan uzr so'rayman, umidlarni oqlay olmadim. Yana ham kuchliroq bo'lib qaytishimga ishonaman. G'alabalarim hali oldinda. Har qanday holatda ham Xudoga ming shukur", - deydi Sirimbetov.
Eslatib o'tamiz, qozog'istonlik bokschi Iordaniya vakili Mohamed Abu-Jajega qarshi ringga ko'tarilib, hakamlarning qarori evaziga mag'lubiyatga uchradi. Jang 1/16 final bosqichida bo'lib o'tdi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar