27 okt 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik jangchi UFC rosteridan chiqarildi + FOTO
Bu haqda Deniel Levining "Half The Battle Podcast" ko'rsatuvida xabar berildi.
Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi Azat Maksum UFC bilan 4 ta jangga shartnoma imzolagan edi. U janglarning 3 tasida mag'lubiyatga uchradi. Maksum ikki kun oldin Abu-Dabidagi UFC turnirida amerikalik Mitch Raposo (9-3)ga kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
"Jangchi rosterdan chiqarildi: Azat Maksum", — deya o'zinig X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Levi.
Malumot uchun, hakamlardan ikki nafari Toni Uiks va Klemens Verner 29-27, Ben Kartlij esa 30-26 hisobidagi g'alabani Raposoga taqdim etgandi. Uchinchi raundda referi Maksumdan jarima sifatida bir ochko olib ham tashladi.

Havola :
Manba : Half The Battle Podcast
Fikrlar