05 fev 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik jangchi UFC'dagi mag'lubiyatiga qaramay katta gonorarga ega bo'ldi
Qozog'istonlik MMA jangchisi Azat Maksum (17-1-0) kecha Las-Vegas (AQSH)dagi UFC Fight Night 235 turnirida oktagonga ko'tarildi.
Amerikalik CHarls Jonsonga qarshi kechgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchragan Maksum uchun bu faoliyatidagi ilk muvaffaqiyatsizlik bo'ldi.
SHunday bo'lsa-da, Avaz Maksum kechagi jang orqali yaxshigina gonorarga ega bo'ldi. U turnirdan 66 000 dollar ishlab oldi. Azat 12 000 $ kafolatlangan gonorar, 4 000 $ homiylik bonusi va 50 000 $ "Eng yaxshi jang" bonusiga ega chiqdi.
Maksumning raqibi Jonson esa kecha 78 000 dollarga ega bo'ldi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar