13 may 15:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik Olimpiya o'yinlari sovrindori o'zbek bokschisiga yutqazganidan so'ng nimalar dedi?
Qozog'istonlik bokschi, Rio Olimpiadasining bronza medali sohibasi Dariga SHakimova kecha jahon chempionatida hamyurtimiz Navbahor Hamidovaga yutqazib qo'ydi.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng SHakimova o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ha, yutishni juda istab yubordim va raqibimga past bahor berdim. Birdaniga kuchli zarba berishni istagandim. Ammo bu amalga oshmadi. Qattiq mehnat qilib, birinchi jangdayoq, u qadar kuchli bo'lmagan raqibga yutqazib qo'yish...
Muxlislik qilganingiz uchun rahmat, albatta ishonchni oqlay olmadim. Ammo biz qilgan mehnat bekor ketmaydi. Oldinda yana muhim musobaqalar bor. Xatolarni ham inobatga olamiz va boshqacha natija ko'rsatamiz", - dedi SHakimova.
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan bahsda Navbahor Hamidova 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Havola :
Fikrlar