01 okt 14:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik Sag'indik Togambay yarim finalda mag'lub bo'ldi va Osiyo o'yinlarini bronza medali bilan yakunladi
Osiyo o'yinlari doirasida boks bahslari davom etmoqda.
Biroz oldin qozog'istonlik bokschi Sag'indik Togambay -92 kg vazn toifasida yarim final jangini o'tkazdi. Unga xitoylik Syuechjen Xan raqiblik qildi. Bu bahsda hakamlarning yakdil qarori bilan xitoylik bokschi g'alaba qozondi va Osiyo o'yinlari finalidan tashqari, Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Bu Qozog'iston boks terma jamoasining Osiyo o'yinlaridagi to'rtinchi yo'qotishiga aylandi. Avvalroq, Saken Bibiosinov, Maxmud Sabirxan, Nurbek Oralbay ham musobaqada mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar