24 iyu 13:52
Yangiliklar
Qozog'istonlik tajribali jangchi SHohasan Mirzamatovga "vyzov" tashladi
22 iyul kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida Octagon 47 turniri tashkil etilgan edi. Musobaqada eronlik Akbar Azadi-Farga (4-1) qarshi jang qilgan SHohasan Mirzamatov birinchi raunddayoq raqibini chuqur nokautga uchratib, g'alaba qozongandi.
Qozog'istonlik Georgiy Kichigin mazkur jangdan so'ng hamyurtimizni jangga chorladi:
"SHohasan, sen eng kuchsiz raqiblarni yutish muxlisisan. Agar sen navbatingni kutmoqchi bo'lsang, unda behuda. Seni men jangga chaqiraman. CHempiondan xabar yo'q. Bu men seni mag'lub etadigan media jangdir!", - deb yozgan Kichigin.
Malumot uchun, Georgiy Kichigin so'nggi bor 27 may kuni Octagon 45 musobaqasi doirasida braziliyalik Nilson Oliveyra bilan jang qilib, zafar quchgan edi. U faoliyati davomida ACA, ONE FC kabi ligalarda jang qilgan.
Fikrlar