21 okt 13:01
Yangiliklar
Tennis

Qozog'istonlik tennischi Antverpenda 1/2 finalga chiqdi
Belgiyaning Antverpen shahrida tennis bo'yicha ATP turniri bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 36-raketkasi bo'lib turgan Aleksandr Bublik musobaqaning yarim final ishtirokchisiga aylandi. Qozog'istonlik tennischi 1/4 finalda ATP reytingida 226-pog'onadan joy olgan franciyalik Jovanni Mpetshi-Perrikarni 6/4, 4/6, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi 88 daqiqa davom etdi va unda Bublik 8, Mpetshi-Perrikar 18 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Andreyda ko'proq bo'ldi - 7 ga 3. Bublik 4, raqibi esa 2 ta breykka ega bo'ldi. Bugun qozoq tennischisi final chiptasi uchun Maksimilian Martererga qarshi kortga chiqadi. Germaniyalik 1/4 finalda franciyalik Ugo Gastondan ustun keldi - 6/3, 6/2.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar