05 may 17:55
Yangiliklar
Dzyudo
Qozon "Katta Dubulg'a" turnirining birinchi kuni medalsiz yakunlandi
Qozon shahrida o'tkazilayotgan "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning birinchi kuni dzyudochilarimiz uchun biroz omadsiz yakunlandi.
Asosan yosh dzyudochilar bilan Qozonga yo'l olingan bo'lib, tarkibimizdagi eng tajribali vakilimiz SHarofiddin Lutfullaev bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida chexiyalik David Pulkrabekka imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ettinchi o'rinni band etgan Lutfullaev o'z hisobiga 260 reyting ochkosini qo'shib qo'ydi.
SHu tariqa, Qozon "Katta Dubulg'a" turnirining birinchi kungi bahslari o'zbekistonlik dzyudochilar uchun yakunlandi. Ertaga ikkinchi kungi bellashuvlarda o'rta vazn toifasi vakillari tatamiga chiqishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar