So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

29 noy 10:08
Yangiliklar

Boks/MMA

Qozoqlar yoshlar o'rtasidagi JCH O'zbekistonga mag'lub bo'lgani haqida: Haqiqiy etakchilar uyda qoldi, bosh murabbiyning yoqimtoylari ketdi

Teglar :  Qozog'iston
Qozog'istonlik boks muxlislari g'azabda!

O'zbekiston nafaqat medallar soni, sifati, balki o'zaro qarama-qarshiliklar natijasi bo'yicha ham Qozog'istonni mag'lub etdi. Qozog'istonlik yigitlar yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida 2 ta kumush medalni qo'lga kiritishdi. Bu esa, mahalliy boks muxlislarining g'azabiga sabab bo'ldi. Quyida qozog'istonlik boks kuzatuvchilarining ushbu natijaga bildirgan izohlarini o'qishingiz mumkin.


«O'zbek birodarlar bizni boksda mag'lub etishdi, buni tan olishni qanchalik istamasakda, natija hech kimni aldamaydi. Oxirgi ikki Olimpiada buning dalilidir».

«O'zbekistonni tabriklayman. Demak, yigitlar ishlayapti».

«O'zbeklar pul uchun emas, nomus uchun kurashyapti».

«Yana bir bor O'zbekiston etakchi. Yaxshi, tasanno».

«Biz puli borlarni olib ketamiz».

«Boks qanday bo'ladi? Keyinchalik bundan yomonroq bo'ladi. Hozir Ostonada, poytaxtda, lanati, bolalar boksi – mashg'ulotlar hamma joyda pullik, musobaqalarga borish uchun – pul to'lash kerak».

«Etirof etishim kerakki, O'zbekiston terma jamoasi ayni damda boks bo'yicha mamlakatimizdan ancha yaxshi».

«Hozir sportda korrupciya bor. Yurtboshimiz shu vazifani o'z zimmasiga olib, korrupciyani yo'q qilsa yaxshi bo'lardi!».

«Galim Kenjebaevni olib tashlash kerak. Yoshlar terma jamoasi sharmanda qildi».

«O'zbeklar kuchli, biznikilar zaif».

«Ko'zlarda olov yo'q».

«Haqiqiy etakchilar uyda qolishdi, bosh murabbiyning yoqimtoylari ketishdi».

«O'zbeklar birinchi o'rinni hech kimga bermaydi».

«Bu sharmandalik edi. O'tmishning eng yaxshi murabbiylari qaerda?».

«Afsuski, puli bor yigitlar qatnashadi».

«Qizlar - barakalla. Yigitlar hammasi banditlar, biz chora ko'rishimiz kerak».

Reyting: +4   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing