06 may 17:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov nima uchun raqibini nokautga uchrata olmaganini aytdi
Bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov tanzaniyalik bokschi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Tabriklar uchun rahmat. Janglar juda qiziqarli kechdi. Menga qarshi ringga chiqqan afrikalik raqibim ham kuchli, chidamli bokschi ekan. Xudoga shukr, yakunda baribir g'alaba men tomonda bo'ldi.
Nima uchun nokaut qila olmadim? Raqibim zarbalarga dosh bera oladigan, chidamli bokschi edi. Bu jang men uchun yaxshigina tajriba bo'ldi.
O'zbekistonda ilk marotaba bunday katta boks shousi o'tkazilmoqda. Arenaga yaxshigina muxlis tashrif buyurdi. SHu sababli ham bokschilarda biroz hayajon bo'ldi. SHaxsan o'zimda ham O'zbekistonda jang qilayotganimda hayajon yuqori bo'ladi.
Meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytaman", - dedi Qudratillo Abduqahhorov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar