21 noy 10:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratilloning vaznidagi Krouford SHon Porterni nokautga uchratdi + VIDEO
Las-Vegasda professional boks oqshomi yakunlandi.
Kechaning markaziy jangida ikki amerikalik bokschi - Terens Krouford va SHon Porter o'zaro to'qnash keldi. Bokschilar yarimo'rta vazn toifasida Kroufordga tegishli kamar uchun jang olib borishdi.
12 raundga mo'ljallangan to'qnashuv 10-raundda yakunlandi. Krouford 10-raundda avvaliga raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Biroz o'tib esa navbatdagi kuchli zarbadan so'ng referi yana hisobni ochdi. Biroq, SHon Porturning burchagi jangni davom ettirmaslikni maqul ko'rdi va shu tariqa Krouford jangda g'alabaga erishdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu vazn toifasida o'zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov ham jang o'tkazadi va u IBF yo'nalishida 1-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar